Top Mijozlar uchun ommaviy ofertasi

OCHIQ OFERTA

DIQQAT BILAN TANISHIB CHIQISHNI SO’RAYMIZ

Agar Siz Ochiq ofertaning biror-bir bandiga rozi bo’lmasangiz, Siz Internet-do’kon saytida taqdim etilgan Tovarlarni xarid qilishni rad etish huquqiga egasiz.

 

1. TAKLIF VA UNING TOMONLARI

Ushbu taklif shaxslarning nomuayyan doirasiga qaratilgan bo’lib, "FILUET SILK WAY LOGISTICS"» MChJ (keyingi o’rinlarda matn bo’yicha  — «Sotuvchi») ning 18 yoshga yetgan va faoliyatga layoqatli har qanday jismoniy shaxs (keyingi o’rinlarda matn bo’yicha - «Xaridor») bilan taklifda ko’rsatilgan shartlarda shartnoma tuzish istagini ifodalaydi va Sotuvchining  Internet-do’konida tovar sotib olishning barcha muhim shartlaridan (keyingi o’rinlarda matn bo’yicha— «Ochiq oferta») iborat.

2. FOYDALANILADIGAN ATAMALAR

Xaridor – Herbalife Nutrition saytida ro’yxatdan o’tgan, Herbalife Nutrition mahsulotlarini o’zining ID-nomeriga faqat shaxsiy foydalanish uchun sotib oladigan, tadbirkorlik faoliyati bilan shuǵullanmaydigan  jismoniy shaxs, O’zbekiston Respublikasi rezidenti.

Aksept — Ochiq ofertada ko’rsatilgan, Xaridor va Sotuvchi uchun huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan shartlarda Ochiq ofertaga rozilik.

Internet-do’kon — Sotuvchining uz.myfiluet.com internet-manzili bo’yicha joylashgan rasmiy Internet-do’koni.

Tovar — tomonlar kelishuvining obekti, Sotuvchining rasmiy Internet-do’konida taqdim etilgan assortiment nomlarining ro’yxati. Tovarning tashqi ko’rinishi Internet-do’konida joylashtirilgan suratlar va fotografiyalardan  farq qilishi mumkin.

Tovar haqida axborot – Sotuvchi Xaridorga barcha mavjud shartlar bilan birga Tovar haqida to’liq va ishonchli axborotni, shu jumladan Tovarning asosiy istemol xossalari, tayyorlash joyi to’g’risidagi axborotni, shuningdek Internet-do’kon saytidagi Tovarning kafolat muddati va yaroqlilik muddati to’g’risidagi axborotni taqdim etadi.

Tovarning narxi - Internet-do’konida ko’rsatilgan va bir tomonlama tartibda Sotuvchi tomonidan qatiy belgilanadigan Tovarning har bir pozitsiyasi narxi.

Xaridor talabnomasi - Internet-do’koni saytidagi belgilangan onlayn shakl bo’lib, Xaridor uni Sotuvchining Tovarini Ochiq oferta shartlarida sotib olish niyatida rasmiylashtiradi.

3. UMUMIY QOIDALAR

3.1. Xaridorning Internet-do’kon saytida joylashtirilgan Tovarga buyurtma berishi Xaridorning ushbu Ochiq ofertaning barcha shartlariga roziligini bildiradi, bu Ochiq oferta shartlarini qabul qilish hisoblanadi.

3.2. Internet-do’koni sayti mamuriyati Xaridorni xabardor qilmasdan Ochiq ofertaga o’zgartirish kiritish huquqiga ega, ushbu o’zgartirishlar Internet-do’koni saytida elon qilingan vaqtdan boshlab Xaridor uchun majburiy hisoblanadi.

3.3. Agar Internet-do’koni saytida boshqa narsa ko’rsatilmagan bo’lsa, Ochiq ofertaning amal qilish muddati cheklanmagan.

4. TALABNOMANI RASMIYLASHTIRISH VA MAQULLASH

4.1. Xaridor Tovarni ushbu Internet-do’kon saytining servisi orqali Talabnomani to’ldirish yo’li bilan buyurtma qiladi.

4.2. Xaridorning talabnomasini rasmiylashtirishda Xaridor quyidagi ro’yxatga olish uchun zarur axborotni taqdim etish majburiyatini zimmasiga oladi:

4.2.1. Xaridor yoki u ko’rsatgan shaxs (oluvchi)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi;

4.2.2. Tovarni yetkazib berish zarur bo’lgan manzil;

4.2.3. Elektron pochta manzili;

4.2.4. Aloqa telefonlari;

4.2.5. Xaridor tanlagan Tovarning nomi, miqdori, assortimenti, artikuli, narxi

4.3. Agar Sotuvchiga qo’shimcha axborot zarur bo’lsa, u bunday axborotni Xaridordan so’rab olish huquqiga ega. Xaridor zarur axborotni taqdim etmagan hollarda Sotuvchi Tovarni Xaridorga sotmaslik huquqini o’zida saqlab qoladi.

4.4.  Xaridorning talabnomasini rasmiylashtirishda taqdim etgan axborotning ishonchliligi uchun Xaridor javobgar bo’ladi.

4.5.   Sotuvchi quyidagi hollarda sabablarini tushuntirmasdan Xaridorga vaqtincha yoki doimiy asosda Xaridor Talabnomasini qabul qilish va bajarishni rad etish huquqiga ega:

- agar Xaridor ilgari Talabnoma rasmiylashtirgan va uning haqini to’lamagan, Tovarni yetkazib berish vaqtida Talabnomani rad etgan, yetkazib berilgan Tovarni qabul qilmagan bo’lsa;

- agar Sotuvchida Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirishda taqdim etgan axborot haqiqatga to’g’ri kelmasligi yoki to’liq hajmda taqdim etilmaganligi to’ǵrisida taxmin qilish uchun asos paydo bo’lsa,  shuningdek  Xaridorning o’zini tutishi tegishlicha bo’lmagan va/yoki tahqiromuz harakatlar holatlarida.

4.6. Xaridor Talabnomasining bajarilishi Sotuvchining Xaridor Talabnomasini maqullash va qabul qilish fakti hisoblanadi.

5. SHARTNOMANI TUZISH VAQTI

5.1. Xaridor va Sotuvchi o’rtasidagi Shartnoma (bundan keyin matn bo’yicha– «Shartnoma») Sotuvchi Talabnomani rasmiylashtirganidan so’ng tuzilgan deb hisoblanadi.

5.2. Ushbu Ochiq ofertaning matni shartnoma shartlari hisoblanadi.

5.3.  Sotuvchining Talabnomani rasmiylashtirish fakti Xaridorning ushbu Ochiq oferta shartlarini to’liq qabul qilganligining so’zsiz tasdig’i hisoblanadi.

6. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

6.1. Sotuvchining majburiyatlari:

6.1.1. ushbu Ochiq oferta bilan belgilangan barcha majburiyatlarni bajarish;

6.1.2. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini amaldagi qonunchilikda o’rnatilgan tartibda, shuningdek quyidagi 13-bo’lim qoidalarini hisobga olgan holda taminlash.

 

6.2. Xaridorning majburiyatlari:

6.2.1. Xaridor Talabnomasini rasmiylashtirishdan oldin Ochiq oferta mazmuni va shartlari, Sotuvchi Internet-do’konida taklif etilayotgan Tovar narxlari bilan tanishib chiqish, shuningdek Internet-do’kon sahifalarida ko’rsatilgan barcha shartlar va ehtimoliy cheklovlarni qabul qilish.

6.2.2. Buyurtma qilingan Tovar va uni yetkazib berish haqini 100% oldindan to’lov shartlarida to’lash, shuningdek Tovarni kelishilgan muddatlarda va joyda, shuningdek belgilangan shartlarda qabul qilib olish.

6.2.3. Tovardan qayta sotish maqsadlarida foydalanmaslik.

7. SHARTLARNI O’ZGARTIRISH

7.1.  Sotuvchi bir tomonlama tartibda Ochiq oferta, Shartnomaning shartlarini, Tovar va qo’shimcha xizmatlarga narxlarni, tovarga haq to’lash va yetkazib berish usullari va muddatlarini o’zgartirish, shuningdek ehtimoliy cheklovlarni kiritish (ularni Internet-do’kon sahifalarda joylashtirib) huquqiga ega.

7.2. Barcha o’zgartirishlar e’lon qilingandan so’ng kuchga kiradi va bunday e’lon qilish vaqtidan boshlab Xaridor etiboriga etkazilgan deb hisoblanadi. Bunda shartlarga o’zgartirishlar kiritilishidan oldin rasmiylashtirilgan Buyurtmani bajarish shartlari o’zgartirilmaydi. Bunday buyurtma Buyurtmani rasmiylashtirish sanasida elon qilingan shartlarga muvofiq bajariladi.

7.3. Tovarning Sotuvchi Internet-do’konida bo’lishi uning mavjudligini kafolatlamaydi.  Agar muayyan Tovarga Xaridorlardan 100% oldindan to’lov bilan sotib olishga talabnomalar qabul qilinadigan bo’lsa, lekin ayni ushbu Tovar Sotuvchiga boǵliq bo’lmagan sabablarga ko’ra mavjud bo’lmagan hollarda Xaridorga quyidagi variantlar (shartlar)dan birini tanlash taklif etiladi:

- Oldindan to’lovning barcha summasini qaytarish;

- Yetkazib berishning yangi muddatlari bilan yangi oferta;

- Xaridor ilgari kiritgan 100% miqdoridagi oldindan to’lov summasidan kelib chiqqan holda qo’shimcha to’lov qilib yoki summaning qolgan qismini qaytarib, Tovarning sotuvda mavjud bo’lgan boshqa assortimetini tanlash.

7.4. Buyurtma qilingan Tovarga Narxlar o’zgargan hollarda, agar Sotuvchi narxni Buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin o’zgartirgan bo’lsa, Xaridor Tovarni sotib olishga Buyurtmani tasdiqlash yoki bekor qilish huquqiga ega.

VIII. TOVARNI ETKAZIB BERISh VA TOPShIRISh

8.1. Sotuvchi Xaridorga Tovarni yetkazib berish bo’yicha xizmatlarni ko’rsatadi.

8.2. Xaridor Tovar haqini to’lagandan so’ng Sotuvchi Tovarni 5 ish kuni muddatda Xaridor Talabnomasida ko’rsatilgan joyga yetkazib berishi shart.

8.3. Sotuvchi Tovarni yetkazib berish qiymatini Internet-do’kon saytida ko’rsatadi.

8.4. Buyurtma qilingan Tovarlarga egalik huquqi Tovar haqiqatda Xaridorga topshirilgan vaqtdan boshlab Xaridorga o’tadi. Tovarning tasodifan nobud bo’lishi yoki zararlanishi bilan boǵliq xatarlar Tovar haqiqatda Xaridorga topshirilgan vaqtdan boshlab Xaridorga o’tadi.

8.5. Xaridor biror-bir uzrli sabablarsiz ilgari buyurtma qilgan va haqini to’lagan, Sotuvchi (yoki uchinchi shaxs – Sotuvchi kurerlik xizmatlari ko’rsatish uchun u bilan shartnoma tuzgan Tovarni yetkazib berish xizmatlarini ko’rsatadigan yuridik shaxs) kelishilgan muddatlarda ilgari belgilangan manzilga yetkazib bergan Tovarni qabul qilmaydigan hollarda, Sotuvchi bir tomonlama tartibda Shartnomaning amal qilishini to’xtatib turish yoki Xaridor Tovarni yetkazib berish xizmatlari qiymatini qaytadan to’lagandan so’ng Xaridor ilgari haqi to’langan Tovarni Sotuvchi bilan kelishilgan yangi muddatlarda qabul qilib olishga tayyor bo’ladigan vaqtgacha ushlab turish huquqiga ega.

9. TOVARLARNI QAYTARISH VA ALMASHTIRISH

9.1. Tegishli sifatdagi tovarlar:

9.1.1. Xaridor sotib olingan tegishlicha sifatga ega bo’lgan nooziq-ovqat tovarini sotib olingan kundan boshlab o’n kun mobaynida ushbu tovar sotib olingan Sotuvchidan xuddi shunday tovarga almashtirish, sotuvda bunday tovar bo’lmagan hollarda esa – pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega.

9.1.2.  Xaridorning tovarni almashtirib berish yoki qaytarib olish to’g’risidagi talabi quyidagi hollarda qanoatlantirilishi shart:

- agar tovar ishlatilmagan bo’lsa;

- uning tovar ko’rinishi, tovarning istemol xossalari saqlangan bo’lsa;

- ko’rsatilgan tovarning sotib olinganlik faktini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo’lsa.

9.1.3. Tovar «yetkazib berish xizmati» vositasida qaytariladi.

9.1.4. Tovarni qaytarish uchun quyidagilar zarur:

- «Aloqalar» bo’limida ko’rsatilgan telefonlar bo’yicha internet-do’konga qo’ng’iroq qilish;

- «Tovarni qaytarishga ariza» ni bosmadan chiqarish va to’ldirish;

- tovarni qaytarishga arizaga buyurtmaning tovar yoki kassa chekini ilova qilish.

9.2. Tegishlicha sifatga ega bo’lmagan Tovarlar:

9.2.1. Kamchiliklari bo’lgan Tovar sotilgan Xaridor, agar kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati mobaynida aniqlangan bo’lsa, quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:

- tovar kamchiliklarini bepul bartaraf etish yoki istemolchi yoki uchinchi shaxsning tovar kamchiliklarini bartaraf etish xarajatlarini qoplab berish;

- sotib olish narxini kamchilikni bartaraf etish xarajatiga teng bo’lgan miqdorga kamaytirish;

Istemolchining talablari u tomonidan kassa yoki tovar cheki taqdim etilganda ko’rib chiqiladi.

9.2.2. Sifati tegishlicha bo’lmagan Tovarni qaytarish procedurasi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

- Tovarni qaytarib berishga ariza taqdim etish yo’li bilan, bunda Xaridor qaytarayotgan Tovarda aynan qanday nuqson mavjudligi arizada ko’rsatilgan bo’lishi zarur;

- ariza qabul qilinganidan keyin Tovar kamchiliklarining yuzaga kelish sabablarini aniqlash uchun Tovar tekshirishga jo’natiladi;

- tekshirish yakunlari bo’yicha Tovarning kamchiliklari to’ǵrisida xulosa tuziladi.

- agar Tovarning yaroqlilik muddati davridagi kamchiliklariga zavodda yo’l qo’yilgan brak (nuqson) sabab bo’lsa, Tovar almashtirib berilishi shart.

9.2.3. Xaridor sotib olingan Tovardan qoniqmagan hollarda Tovar sotib olingan kundan boshlab 30 kun mobaynida uni xuddi shunday tovarga almashtirishi mumkin.

9.2.4. Sotuvchining kamchiliklari bo’lgan tovarni almashtirib berish tartibi:

- Sotuvchi Xaridordan kamchiliklari bor Tovarni olgan kundan boshlab 7 kun mobaynida (zavodda yo’l qo’yilgan brakning aniq belgilari bo’lganida);

- Sotuvchi Xaridordan kamchiliklari bor Tovarni olgan kundan boshlab 20 kun mobaynida (qo’shimcha tekshirish zaruriyati bo’lganda);

- Sotuvchi Xaridordan kamchiliklari bor Tovarni olgan kundan boshlab 1 oy mobaynida (xuddi shunday markadagi tovar bo’lmaganida);

-  Sotuvchi Xaridordan kamchiliklari bor Tovarni olgan kundan boshlab 2 oy mobaynida (uzoq hududlarga yetkazib berishda).

9.2.5. Yaroqlilik muddati o’tganidan so’ng Tovarning sifati to’g’risidagi e’tirozlar qabul qilinmaydi.

9.2.6. Xaridor istalgan vaqtda Sotuvchidan sotib olingan foydalanilmagan Tovarlarni o’rami ochilmagan va qayta sotish uchun yaroqli holatda Sotuvchiga qaytarishi mumkin bo’ladi. Bunda Xaridor Sotuvchiga qaytarilayotgan Tovarni undan sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi zarur. Sotuvchi Xaridorga qaytarilgan Tovarning qiymatini qoplab beradi,  mahsulotni olib chiqib ketishni tashkil qiladi yoki mahsulotni Sotuvchiga qaytarish uchun yetkazib berish qiymatini to’laydi.

10. TO’LOV USULLARI

10.1. Xaridor to’lovni Internet-do’konda ko’rsatilgan to’lov tizimlari orqali amalga oshirishi mumkin.

10.2. Tovarga haq to’lash usullari bo’yicha yanada to’liqroq axborot Internet-do’konda bo’ladi.

11. FORS-MAJOR

11.1. Tomonlardan istalgani ushbu Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini to’liq yoki qisman bajarmaganligi uchun, agar majburiyatlarni bunday bajarmaslikka ushbu Shartnoma imzolangandan so’ng yuzaga kelgan yengib bo’lmas kuch vaziyatlari sabab bo’lgan bo’lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

11.2. «Yengib bo’lmas kuch vaziyatlari» bunday Tomon oldindan ko’ra olmaydigan va mavjud vositalar bilan bartaraf eta olmaydigan favqulodda hodisalar yoki vaziyatlarni bildiradi. Bunday  favqulodda hodisalar yoki vaziyatlar o’z ichiga quyidagilarni, xususan: ish tashlashlar, suv toshqinlari, yong’inlar, zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, harbiy harakatlar, O’zbekiston Respublikasi davlat organlarining yoki boshqa davlatlarning harakatlari, shuningdek Tomonlardan istalganining oqilona nazoratidan chetga chiqadigan boshqa vaziyatlarni oladi.

12. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

12.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo’yicha majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo’ladilar.

12.2. Internet-do’konda joylashtirilgan barcha matnli axborot, grafik tasvirlar va xizmatlarning qonuniy huquq egasi bo’lib, ko’rsatilgan axborot va tasvirlardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka olib keladi.

13. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

13.1. Xaridor ushbu Ochiq ofertani qabul qilar ekan, bu bilan Sotuvchiga o’zining shaxsiy ma’lumotlariga, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, jinsi, ish joyi va lavozimi, pochta manzili, uy, ish, mobil telefonlari, elektron pochta manziliga ishlov berishga, jumladan shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish, tizimlashtirish, to’plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), ulardan foydalanish, tarqatish, O’zbekiston Respublikasi hududida berish, shaxssizlantirish, bloklash, yo’q qilishga, shuningdek  xizmatlarning sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan tadqiqotlar o’tkazish uchun, marketing dasturlarini, statistik tadqiqotlarni o’tkazish uchun, shuningdek Sotuvchi bilan turli aloqa vositalari: pochta orqali yuborish, elektron pochta, telefon, faksimil aloqa, Internet tarmog’i, ular bilan cheklanmagan holda boshqa aloqa vositalari yordamida bevosita aloqa qilish yo’li bilan bozorda xizmatlarni ilgari surish uchun Sotuvchining kontragentlariga keyingi ishlov berish (shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish, tizimlashtirish, to’plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), ulardan foydalanish, tarqatish, O’zbekiston Respublikasi hududida berish, shaxssizlantirish, bloklash, yo’q qilish) maqsadlarida berishiga  roziligini bildiradi va ruxsat beradi.

13.2. Xaridor Sotuvchiga va Sotuvchining kontragentlariga ma’lumotlar bazasini avtomatlashtirish tizimlari, shuningdek Sotuvchining topshirig’i bo’yicha maxsus ishlab chiqilgan boshqa dasturiy vositalar yordamida Xaridorning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga roziligini bildiradi va ruxsat beradi. Bunday tizimlar bilan ishlash operator belgilab bergan algoritm (axborotni yig’ish, tizimlashtirish, to’plash, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, bloklash, yo’q qilish) bo’yicha amalga oshiriladi. Ishlov berishning foydalaniladigan usullari (shu jumladan, lekin ular bilan chegaralanmagan holda): pochta kodlarini kodlar bazasi bilan avtomatik qiyoslab tekshirish, ko’chalar/aholi punktlari nomining yozilishini avtomatik tekshirish, Xaridor bilan telefon, pochta aloqasi bilan yoki Internet tarmog’i orqali aloqa yordamida bog’lanib,  Xaridor bilan ma’lumotlarni aniqlashtirish, berilgan mezonlar bo’yicha bazani segmentlashdan iborat.  Xaridor, agar bu ushbu Ochiq ofertada ko’rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lsa, Sotuvchi tomonidan olingan uning shaxsiy ma’lumotlari Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishni topshirishi mumkin bo’lgan uchinchi shaxslarga bunday shaxslar bilan tuzilgan Shartnoma asosida, O’zbekiston Respublikasining bunday uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va ularga ishlov berishda shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini taminlash to’g’risidagi qonunchiligiga rioya qilish sharti bilan berilishiga  rozilik bildiradi. Xaridorning ko’rsatilgan ma’lumotlarini berishda Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini olayotgan shaxslarni bu ma’lumotlar maxfiy hisoblanishi va ular qanday maqsadlarda xabar qilingan bo’lsa, ulardan faqat shu maqsadlarda foydalanish mumkinligi haqida ogohlantiradi va ushbu shaxslardan bu qoidaga rioya qilishni talab qiladi.

13.3. Xaridor Sotuvchi nomiga uning pochta manziliga tegishli yozma so’rov yuborib, Sotuvchidan o’z shaxsiy ma’lumotlari, ularga ishlov berish va ulardan foydalanilishi to’g’risidagi to’liq axborotni so’rab olish, shuningdek noto’g’ri yoki to’liq bo’lmagan shaxsiy ma’lumotlarni chiqarib tashlash yoki to’ǵrilash/to’ldirishni talab qilish huquqiga ega. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish uchun bergan roziligi muddatsiz hisoblanadi va Sotuvchining nomiga uning pochta manziliga yozma ariza  yuborish vositasida qaytarib olinishi mumkin.

14. BOSHQA SHARTLAR

14.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi bilan bog’liq barcha nizolarni muzokaralar olib borish yo’li bilan hal qilishga harakat qiladilar.

14.2. Muzokaralar davomida kelishuvga erishilmagan hollarda nizolar O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.

14.3.  Internet-do’konning Ochiq ofertada havolalar keltirilgan qoida va shartlarini tushuntiradigan bo’limlari ushbu Ochiq ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

15. SOTUVCHI REKVIZITLARI

S O T U V CH I:

100000, O`zbekistion, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy va 5 Niyozbek yoli kesishmasi, 1 uy.

STIR 306505687, 46900, h/r:20208000905093017001, «Kapitalbank» AKB, 01088

Chegirma 0%
VP 0,00
0 UZS